Will, might, probably — kelajak haqida gapirish
Ishonch darajasiga qarab qaysi birini tanlash kerak.
Will / Won't
Biz kelajak haqida taxmin qilayotganimizda will yoki won't dan foydalanamiz.
will — nimadir sodir bo'lishiga ishonchimiz kuchli bo'lsa
won't — nimadir sodir bo'lmasligiga ishonchimiz kuchli bo'lsa
In 2045, people will travel to Mars.
(2045-yilda odamlar Marsga sayohat qiladi)
She won't be at home tomorrow.
(U ertaga uyda bo'lmaydi)
Might / Might not
Kelajak haqida aniq bilmaganimizda, ya'ni taxmin qilayotganimizda ishlatiladi.
might — ehtimol sodir bo'lishi mumkin
might not — ehtimol sodir bo'lmasligi mumkin
Some students might fail the exam.
(Ba'zi talabalar imtihondan yiqilishlari mumkin)
It might not rain tomorrow.
(Ertaga yomg'ir yog'masligi mumkin)
Probably
will / won't bilan birga ishlatilib, bashoratni aniqlashtiradi.
probably — ehtimol sodir bo'ladi
probably not — ehtimol sodir bo'lmaydi
She will probably get the job.
(U ehtimol ishga kiradi)
Xulosa
will / won't — aniq ishonch bilan kelajak haqida gapirish uchun
might / might not — kamroq ishonch bilan taxmin qilish uchun
probably — taxminni aniqlashtirish uchun
I think / I don't think — shaxsiy fikr bilan taxmin qilish uchun
Misollar
AI will not replace some human jobs.
Our team might grow.
We probably won't stay here.
I think he will travel the world.
I don't think he will sleep.
Iltimos, mehnatimizni qadrlang
Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.
Telegramda yozish