Expo CLI va React Native CLI — qaysi birini tanlash
Ikki xil boshlash yo'li, ularning kuchli va zaif tomonlari.
React Native loyihasini boshlash uchun ikki asosiy yo'l mavjud: Expo CLI va React Native CLI.
1. Expo CLI nima?
Expo — bu React Native uchun tayyor platforma. Tezkor boshlash va oson rivojlantirish uchun yaratilgan; qo'shimcha konfiguratsiya yoki native kod yozishni talab qilmaydi.
Afzalliklari:
• Juda tez boshlash mumkin.
• Ko'plab tayyor komponentlar va kutubxonalar bilan keladi.
• Android va iOS da tez sinash uchun Expo Go ilovasi bor.
Kamchiliklari:
• Murakkab native funksiyalar bilan ishlash qiyin bo'lishi mumkin.
• Maxsus native modul qo'shmoqchi bo'lsangiz, ba'zan cheklovlar bo'ladi.
2. React Native CLI nima?
Bu React Native'ni to'liq native loyihaga o'rnatish usuli. Sizga to'liq native konfiguratsiya va erkinlik beradi; Android Studio va Xcode kerak bo'ladi.
Afzalliklari:
• Native modullar bilan cheklovsiz ishlash.
• Loyiha ustidan to'liq nazorat.
Qaysi birini tanlash?
Boshlayotgan bo'lsangiz — Expo. Loyihada maxsus native kod kerak bo'lsa — React Native CLI.
Iltimos, mehnatimizni qadrlang
Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.
Telegramda yozish