Cargo bilan tanishuv
Rust'ning build tizimi va paket menejeri.
1.3. HELLO, CARGO!
Cargo nima?
Cargo — bu Rust'ning build tizimi va paket menejeri. Aksariyat Rust dasturchilari o'z loyihalarini boshqarish uchun shu vositadan foydalanadilar, chunki Cargo kodni yaratish, kerakli kutubxonalarni yuklab olish va ularni qurish kabi ko'plab vazifalarni bajaradi. (Kodingizga kerak bo'lgan kutubxonalarni dependencies deb ataymiz.)
Tushuntirish
Frontend'da npm yoki yarn ni bilasiz-ku? Cargo — aynan shu narsa, lekin Rust uchun.
Cargo nima qiladi?
• Build tizimi — kodingizni kompilyatsiya qiladi. Xuddi tsc TypeScript'ni JavaScript'ga aylantirgani kabi, lekin Rust'da bu to'g'ridan-to'g'ri mashina kodiga aylanadi.
• Paket menejeri — boshqalar yozgan kutubxonalarni o'rnatib beradi, xuddi npm install kabi.
• Loyiha menejeri — loyihangizni tartibli saqlaydi.
Shuning uchun amalda deyarli hamma Rust loyihasi Cargo bilan boshlanadi.
Iltimos, mehnatimizni qadrlang
Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.
Telegramda yozish