Hello, World!
Birinchi Rust dasturini yozish va ishga tushirish.
1.2. HELLO, WORLD!
Rust o'rnatilganiga ishonch hosil qilganingizdan so'ng birinchi dasturni yozamiz. Yangi tilni o'rganishda ekranga "Hello, world!" chiqaradigan kichik dastur yozish an'ana bo'lib qolgan — shu yo'l bilan til va vositalar to'g'ri sozlanganini tekshiramiz.
Dastur shunday ko'rinadi:
fn main() {
println!("Hello, world!");
}
Nimalarga e'tibor berish kerak:
• fn main() — har bir Rust dasturi shu funksiyadan boshlanadi.
• Funksiya tanasi jingalak qavslar ichida yoziladi.
• println! — oxiridagi undov belgisi bu funksiya emas, makro ekanini bildiradi. Bu farq keyinroq muhim bo'ladi.
• Satr nuqtali vergul bilan tugaydi.
Faylni main.rs deb saqlab, terminalda kompilyatsiya qilamiz va ishga tushiramiz. Rust — kompilyatsiya qilinadigan til: avval kod mashina kodiga aylanadi, keyin ishga tushadi. Shuning uchun tayyor dasturni ishlatish uchun foydalanuvchida Rust o'rnatilgan bo'lishi shart emas.
Iltimos, mehnatimizni qadrlang
Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.
Telegramda yozish