← Barcha darslar Rust

O'rnatish

rustup orqali Rust'ni kompyuterga o'rnatish.

1.1. O'RNATISH Birinchi qadam — Rust'ni o'rnatish. Biz Rust'ni rustup orqali yuklab olamiz: bu Rust versiyalari va ularga tegishli vositalarni boshqarish uchun mo'ljallangan buyruqlar qatori vositasi. Yuklab olish uchun internet aloqasi kerak bo'ladi. Eslatma: agar biror sababga ko'ra rustup'dan foydalanishni xohlamasangiz, rasmiy saytdagi "Boshqa Rust O'rnatish Usullari" sahifasiga qarang. Quyidagi bosqichlar Rust kompilyatorining eng so'nggi barqaror (stable) versiyasini o'rnatadi. Rust'ning barqarorlik kafolatlari shuni ta'minlaydiki, kitobdagi kompilyatsiya qilinadigan barcha misollar yangiroq Rust versiyalarida ham kompilyatsiya qilinaveradi. Chiqish (output) versiyalar o'rtasida biroz farq qilishi mumkin, chunki Rust ko'pincha xato xabarlari va ogohlantirishlarni yaxshilab boradi. Ya'ni: shu yerda o'rnatgan Rust bilan kitobdagi kodlar keyin ham ishlaydi.

Iltimos, mehnatimizni qadrlang

Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.

Telegramda yozish