Turlar bilan ishlash va asosiy tiplar
Type annotation, type inference va built-in tiplar.
TypeScript'ning eng muhim xususiyati — types bilan ishlash.
JavaScript da siz odatda shunchaki qiymat yozasiz va JavaScript o'zi type ni aniqlaydi:
let age = 25
JavaScript o'zi tushunadi bu number ekanini. TypeScript da esa type ni aniq ko'rsatishingiz mumkin:
let age: number = 25
Bu yerda age — o'zgaruvchi, number — type. Bunga type annotation deyiladi.
Asosiy built-in tiplar
1. number — sonlar: let age: number = 30
2. string — matn: let userName: string = "Ali"
3. boolean — true/false: let isAdmin: boolean = true
Type inference
TypeScript ba'zan type ni o'zi aniqlaydi:
let age = 30
Bu yerda TypeScript o'zi tushunadi: age — number. Bunga type inference deyiladi. Shuning uchun har doim ham type yozib o'tirish shart emas — faqat TypeScript o'zi topa olmaydigan joylarda yozasiz.
Iltimos, mehnatimizni qadrlang
Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.
Telegramda yozish