Nega TypeScript kerak? — haqiqiy misol
Kichkina kalkulyatorda tip xatosi qanday bug tug'diradi.
Nega TypeScript ishlatish kerak degan savolga javob berish uchun oddiy bir website misolini ko'ramiz.
Website uchta narsadan iborat:
1. HTML fayl — unda bitta form, bitta input va bitta button bor.
2. Shu HTML ichida script fayl import qilingan: calculator.js
Bu script nima qiladi?
• formni topadi
• submit hodisasini eshitadi
• foydalanuvchi kiritgan qiymatni oladi
Masalan foydalanuvchi narx (price) kiritadi. Keyin script shu narxga 19% soliq qo'shadi va yakuniy narxni ekranga chiqaradi.
Lekin muammo bor
Inputga 15 yozsak, 19% soliq qo'shilganda natija 17.85 bo'lishi kerak. Lekin chiqayotgan natija to'g'ri emas — demak websitе'da bug bor.
Muammo nimada?
Muammo type bilan bog'liq. Input'dan olingan qiymat aslida string, biz esa uni number deb ishlatyapmiz. JavaScript buni aytmaydi — u shunchaki matnlarni yopishtirib yuboradi.
TypeScript aynan shu joyda foyda beradi: qiymat noto'g'ri turda ekanini kod ishga tushmasdan oldin aytadi.
Iltimos, mehnatimizni qadrlang
Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.
Telegramda yozish