← Barcha darslar TypeScript

TypeScript nima?

JavaScript ustiga qurilgan superset va u nimani qo'shadi.

Xo'sh, TypeScript nima va nega undan foydalanish kerak? TypeScript'ning rasmiy saytida shunday yozilgan: TypeScript — bu types (turlar) uchun sintaksisga ega bo'lgan JavaScript. Bu gap biroz tushunarsiz eshitilishi mumkin. Aslida esa TypeScript kodiga diqqat bilan qarasangiz, u deyarli JavaScript'ga o'xshaydi. Sababi muhim: TypeScript — JavaScript'ga qo'shimcha imkoniyatlar qo'shilgan versiya, ya'ni JavaScript superset. Superset nimani anglatadi? TypeScript — JavaScript tilining kengaytirilgan versiyasi. U JavaScript'ning barcha sintaksisini saqlab qoladi, lekin ustiga qo'shimcha imkoniyatlar qo'shadi. TypeScript nima qo'shadi? Asosan type bilan bog'liq imkoniyatlarni: strict typing va static typing. Oddiy qilib aytganda: har xil turdagi qiymatlarni istalgan joyga tashlab yuborib bo'lmaydi. Qiymat qanday turda ekanini oldindan aytasiz va TypeScript uni tekshiradi. Muhim eslatma Brauzer TypeScript'ni tushunmaydi. Kod avval JavaScript'ga kompilyatsiya qilinadi, brauzerga esa oddiy JavaScript boradi.

Iltimos, mehnatimizni qadrlang

Bu konspektlar uzoq vaqt va mehnat evaziga yozilgan. Qolgan darslarga kirish uchun quyidagi kartaga o'tkazma qilib, Telegramga yozing — havolani darhol yuboraman.

Telegramda yozish